Kichik chanoq (pelvis) venalarining varikoz kasalligi — bu, asosan, tug‘ish yoshidagi ayollarda uchraydigan patologiya hisoblanadi. Adabiyotlarda bu kasallik quyidagi nomlar bilan ham ma’lum: ayollardagi varikosele, kichik chanoq venalarining varikoz kengayishi, kichik chanoq venalarining kengayishi, surunkali tos og‘riq sindromi.